Ko‘kda varrak bor edi, O‘shanda bahor edi. Bir qizcha menga qarab – Kulib turgan yor edi.
Ko‘kda varrak bor edi, O‘shanda bahor edi. Yigitcha unga qarab – Kulishimga zor edi.
Men senga bir gap aytaman – hech kim bilmasin, Yoshlikda bergan ko‘ngilni ayro qilmasin. Men senga bir gap aytaman – birov bilmasin, Yoshlikda bergan ko‘ngilni judo qilmasin.
Qarab turib yuziga, Binafshadek ko‘ziga. Yuragimni o‘shanda – Aytolmadim o‘ziga.
Qarolmasdan yuziga, Boqolmasdan ko‘ziga. Yuragimni o‘shanda – Aytolmadim o‘ziga. N-t: Bahor edi o‘sha payt, O‘sha damga, gulim, qayt. Yoqishini o‘sha qiz – Aytarmiding, dilim, ayt.
Bahor edi o‘sha payt, O‘sha damga, dilim, qayt. O‘sha yigit yoqishin – Aytarmiding, gulim, ayt. N-t: Hamon xayol varrakda, Hamon bahor yurakda. O‘sha qizni hali ham – Yaxshi ko‘rsam kerak-da.
Hamon xayol varrakda, Hamon bahor yurakda. O‘sha yigit hali ham – Menga yoqsa kerak-da.
Men senga bir gap aytaman – hech kim bilmasin, Yoshlikda bergan ko‘ngilni ayro qilmasin. Men senga bir gap aytaman – birov bilmasin, Yoshlikda bergan ko‘ngilni judo qilmasin.