Гуру Песен
А Б В Г Д Е Ж З И К Л М Н О П Р С Т У Ф Х Ц Ч Ш Э Ю Я
# A B C D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V W X Y Z

Yulduz Usmonova - Баҳор | Текст песни

Boychechakning atrini humor bo'lganlar bilgay,
Tongotarning atrini bedor bo'lganlar bilgay,
Qora qishning qahridan bezor bo'lganlar bilgay,
Derazaga termulib bemor bo'lganlar bilgay.

Bahor, bahor, bahor... Ko'klamda bir sirliga ham bor.
Bahor, bahor, bahor... Dunyoda keng nurli olam bor.
Bahor, bahor, bahor... Bahorga yetganlar quvoning.
Sizlarga gullardan salom bor.

Baland - pastni barobar, barobar
Yo'qlaguvchi ko'klam bu, ko'klam bu,
Mozoru gulzorda teng, gulzorda teng
Ko'klaguvchi ko'klam bu.

Hammamizni teng ko'chib teng ko'chib,
Saqlaguvchi ko'klam bu, ko'klam bu.
Ona bo'lib pichirlab, pichirlab,
Olqaguvchi ko'klam bu.

Bahor, bahor, bahor... Ko'klamda bir sirliga ham bor,
Bahor, bahor, bahor... Hayot bor bo'lajak mudom bor.
Bahor, bahor, bahor... bahorga yetganlar quvoning,
Sizlarga gullardan salom bor.

Bu shunchaki faslmas, faslmas.
Dalaguldan so'ranglar, so'ranglar.
Umidlari uxlagan, uxlagan
Zada dildan so'ranglar.

Bodom gulini sog'ingan, sog'ingan,
Oq ko'ngillardan so'ranglar, so'ranglar.
Tuproq hidini qumsagan, qumsagan,
Dehqonlardan so'ranglar.

Bahor, bahor, bahor... Ko'klamda bir sirliga ham bor.
Bahor, bahor, bahor... Dunyoda keng nurli olam bor.
Bahor, bahor, bahor... Bahorga yetganlar quvoning.
Sizlarga gullardan / o'tmishdan / yoshlikdan salom bor.


Еще Yulduz Usmonova



Видео