Seni taniyolmadim, hayot sen o‘zingmisan? Adovatning oldida shunchalar ojizmisan? Sen ato etgan tuyg‘u beozor bu muhabbat Qadrsiz, himoyasiz yonar adovat sabab
Senga achinaman nohaqsan adovat Hech qachon o‘lmagan, chin muhabbat Sevgi bu dushman deb ajratib o‘tirmas Aslo taslim bo‘lmas chin muhabbat…
Har qandayin adovat qancha yovuz bo‘lmasin Egolmaydi sevgini, bukolmaydi sevgini Hayot bergan muhabbat go‘yo tanadagi jon Jon uzilgan tanada qanday yashaydi inson?
Senga achinaman nohaqsan adovat Hech qachon o‘lmagan chin muhabbat Sevgi bu dushman deb ajratib o‘tirmas Aslo taslim bo‘lmas chin muhabbat… (×2)