Yuzimda kulgu, dilimda dardim,
Ko'zingga qarashga sig'maydi haddim.
Seni hayolimda erkalab qayttim
Ayriliq azobi tirnaydi qalbim.
Oppoq orzularim topdiku zavol,
Yuragimni qiynar faqat bir savol.
Naxot mangamas u o'zgaga bo'lsa yor?
Yashagim yo'q Ollohim mani jonim ol!
Uyg'onsam tonglarim nursiz otganday,
Kunlarim o'tar hayot to'xtab qolganday.
Kettim azoblanib yo'limdan qolmay,
Shavqatsiz dunyoga bardosh berolmay.
Yillarki izlayman bosgan izingni,
Ko'zlarimda ko'raman qora ko'zingn.i
Qaniydi bir bora ko'rsam o'zingni,
Sog'indim, sevaman degan so'zingni.
Припев:
Bahtli bo'l jonim,
Bahtli bo'l jonim,
Farishtam mani bahtli bo'l,
Bahtli bo'l armonim...
Sevgim bo'ldi dunyoda bir kamim,
Muxabbatim bor, xasratu-alamim.
Oxim yetar hatto osmonu-falakka,
Afsus yetmas faqat sanga dodlarim.
Mayliga artmagin manim ko'z-yoshim,
Mayli to'xtasin urayotgan yuragim.
O'zga bilan bo'lsada bahtli bo'l jonim,
Xaqqim yo'q, lekin sani sog'inib kettim.
Orzular barchasi uchdi havoga,
Naxot manday oshiq sig'mas dunyoga?!
Tayyormas edimku bunday judoga,
Nolalarim yetmasmu qodir Xudoga?!
Bahtingni tilashdan yo'q o'zga choram,
Barcha qizlar ichra tanho yagonam.
Hech qachon yig'lama ko'zlari qoram,
ALVIDO, ALVIDO mangu durdonam!!!
Ko'nglimga yashirdim ko'ngil zorini,
Yuragim quvonar g'amni ko'rmasang.
Bahting uchun qildim ahir barini.
Sani kechirmayman, BAHTLI BO'LMASANG!!!
Припев:
Bahtli bo'l jonim,
Bahtli bo'l jonim,
Farishtam mani bahtli bo'l,
Bahtli bo'l armonim...
AkOSh & SAkOSh еще тексты
Оценка текста
Статистика страницы на pesni.guru ▼
Просмотров сегодня: 1