Dunyoda tentirab yurgan-ey o'zim Bormikin mening ham bir shirin so'zim Sarg'ayib ketdi-yu bu qoro ko'zim ey Nechun ozorimga to'ymading falak Qolmadimi yoki, yomoning bo'lak
Kimnidir yonida yori giryona Ko'nglini shod etib bo'lar parvona Ayt nechun men xanuz bo'ldim sarsona-ya hay Nechun ozorimga to'ymading falak Qolmadimi yoki, yomoning bo'lak
Kechir arzlarimni to'kdim senga yor Qilma meni bu dunyoyingda xor Endi sendan bo'lak meni kimim bor? Xech xam ko'zlaringni uzmagin falak Sendan o'zga dardim tinglar kim bo'lak