Bir go‘sha suv bo‘lsa, bir go‘sha qirlar, Qancha yurtni ko‘rdim, qancha taqdirlar. Qayga borsam suyab, boshni tik tut deb, Tog‘laring izimdan ergashib yurar.
Ko‘rdim suluvlarning eng faranglarin, Yo xudbinman men yo bir sodda kasman men - Parijning eng go‘zal go‘shalarini, Bitta tandiringga alishmasman men.
-- Naqorat -- Ota makonim, onajon o‘lkam, O‘zbekiston jonim to‘shay soyangga. Sendek mehribon yo‘q seningdek ko‘rkam, Rimni alishmasman beda poyangga. (2x)
Na gapga ko‘nayin, Na til bilayin, Ko‘zdan uyqu qochdi, dildan halovat - Uch kunda sog‘insam nima qilayin, Chala qolar bo‘ldi barcha sayohat.