Гуру Песен Популярное
А Б В Г Д Е Ж З И К Л М Н О П Р С Т У Ф Х Ц Ч Ш Э Ю Я
# A B C D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V W X Y Z

Benom & Parviz - Vatanim ★AzamatBAXA★ | Текст песни

Pesni.guru - сайт для Гуру

Osmonim ham, yulduzim ham,
Sururim ham, g’ururim ham,
Borlig’im ham, vujudim ham,
Ulug’imsan, sen o’zingsan, Vatan.

Shodligim ham, quvonchim ham,
Kelajagi buyugim ham,
Alla aytgan ertagim ham,
Sen o’zing, sen o’zing, sen o’zing Vatan.

Vujudimda titragan jon Vatan,
Tomirimda jo’sh urgan, qon Vatan,
To tirikmiz faxrlanib yashaymiz,
Sen uchun, sen uchun, jon fido Vatan.

Biz uchundir, bu yeru, bu osmon,
Biz uchundir, biz uchun, bu Vatan,
Biz uchundir, bu ishonch, bu imkon,
Birlashaylik, bir bo’laylik Vatan.

Mani Vatanim, buyuk O’zbekistonim,
Jonim sen uchun qurbon, senga aylayin fido.
Ayt, seni qanday maqtayin, aytayin,
Ta’rifing cheksiz, to abad kuylayin.

Bizga poydevor shunday yurtboshimiz bor,
Ushbu kunlarning qadriga yetaylik.
Abadiy voris bo’lib, bobomizga xos,
Yurtimiz bayrog’ini baland tutaylik…

Osmonimsan, yulduzim ham,
Sururim ham, g’ururim ham,
Borlig’im ham, vujudim ham,
Ulug’im, ulug’im, ulug'imsan.

Shodligim ham, quvonchim ham,
Kelajagi buyugim ham,
Alla aytgan ertagim ham,
Sen o’zing, sen o’zing, sen o’zing Vatan.

Tarixingdir ming yillar, izg’irin o’tgan tunlar,
G’ururin baland tutib, sinmagan xalqim.
Tuni notinch o’tsa ham, bag’rin o’tga tutsa ham,
Qaddini tik tutib, dardin ichga yutib,
Buyuklikka intilgan xalqim.

Bariga bardosh o’zing,
Abadiy o’chmas noming,
Yuragi olov, har bir farzanding
Sen uchun tik turar, Vatanim.

Osmonim ham, yulduzim ham,
Sururim ham, g’ururim ham,
Borligim ham, vujudim ham,
Ulug’im, ulug’im, ulug'imsan.

Shodligim ham, quvonchim ham, (quvonchim ham)
Kelajagi buyugim ham, (buyugim ham)
Alla aytgan ertagim ham,
Sen o’zing, sen o’zing, sen o’zing Vatan.

Vujudimda titragan jon Vatan,
Tomirimda jo’sh urgan qon Vatan,
To tirikmiz faxrlanib yashaymiz,
Sen uchun, sen uchun biz fido Vatan.

Biz uchundir, bu yeru bu osmon,
Biz uchundir, biz uchun bu Vatan,
Biz uchundir, bu ishonch, bu imkon,
Birlashaylik, bir bo’laylik Vatan.




Статистика страницы на pesni.guru ▼
Просмотров сегодня: 1
Видео
Нет видео
-