Гуру Песен Популярное
А Б В Г Д Е Ж З И К Л М Н О П Р С Т У Ф Х Ц Ч Ш Э Ю Я
# A B C D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V W X Y Z

Benom - Balki Tun | Текст песни

Vujudim yig’lar, qara, ko’zlarim emas,
Unutgin deyman, ammo yurak bo’ysunmas.
Sen ketarsan jim, o’ylab meni aybdor,
Dardim ichimda, so’zlarimdamas.

Bosaman qadam, oyog’imni sezmayman,
Bugunmi yoki erta, buni bilmayman.
Tobora umrim tugar, ayta olmayman,
Sen meni kechir, kechirgin meni.

Tunlar, ko’kda yulduzlar
Endi senga eslatar meni.
Biz yurgan o’sha yo’llar
Yolg’iz endi kuzatar seni.

Balki tun meni senga eslatar har kun,
Faqat unutgan deb o’ylama,
Sevmagan ekan, deb ayblama.
Balki tun meni senga eslatar har kun,
Faqat unutgan deb o’ylama,
Sevmagan ekan, deb ayblama meni.

Kerak emas menga orzular,
Kerak emas sensiz tuyg’ular.
Bildim, endi bizgamas ekan
Ikkimiz kutgan baxtli onlar.

Nima ham qila olar edik?
Ayriliqning o’ljasi bo’ldik.
Kechikdik, lek
Baribir ham ayrilar edik.

Savol ketidan savol qiynar,
Nega u aynan bizni tanlar?
Taqdir ayanchsiz ezib-ezib,
O’zganimas bizni ayirar.

Baxtli bo’lishga haqli edik,
Nahot, so’nggi bekatga keldik.
Kechikdik, lek
Baribir ham ayrilar edik.

Balki tun meni senga eslatar har kun,
Faqat unutgan deb o’ylama,
Sevmagan ekan, deb ayblama meni.
Balki tun meni senga eslatar har kun,
Faqat unutgan deb o’ylama, (o’ylama)
Sevmagan ekan, deb ayblama (ayblama) meni.

Balki tun…

Benom еще тексты


Видео
Нет видео
-
Оценка текста
Статистика страницы на pesni.guru ▼
Просмотров сегодня: 1