Ezgu orzulari bo'lganida puch,
Ayol hiyonatiga kelganida duch.
Nafsini yengmoqqa topolmasa kuch,
Alamdan ezilib erkak yig'laydi.
Haqiqat olovdir,yolg'on bir shisha,
Haq gapni aytmoqqa qilmam andisha.
Qizi nogoh bo'lib qolsa fohisha,
Hammadan yashirib erkak yig'laydi.
Cheksiz hasratlarga qolganda botib,
Ayriliq dog'ini ko'rganda totib.
Bolasin tobutin qolsa ko'tarib,
Yurakdan o'kirib erkak yig'laydi.
Hizmat qilolmasa tikib jonini,
Rozi qilolmasa otajonini.
Tuproqga qo'yganda onajonini,
Uyalmay bo'kirib erkak yig'laydi.
Do'sti sotib ketsa og'ir kunida,
Dardkashi bo'lmasa aslo yonida.
Omadi chopmasa ishq maydonida,
Bir chetga o'tirib erkak yig'laydi.
Shayton quchog'ida yotsa bolasi,
Vijdonin iblisga bolasi.
Qariyalar uyiga otsa bolasi,
Ajalin chaqirib erkak erkak yig'laydi.
Haromni tanlasa halol turganda,
Navqiron yoshligin uvol qilganda.
Qirq do'sti bo'lmasa qirqqa kirganda,
Chin dildan o'rtanib erkak yig'laydi.
Choyhonada o'tkazgan bo'lsa umrin,
Hech masjid tomonga burmasa yo'lin.
Bir kuni tushunsa adashganligin,
Umriga achinib erkak yig'laydi.
Toshdan ham qattiqdir yetimlik noni,
Taqdirida bo'lsa sag'irlik oni.
Ming bir azoblarda qolgand joni,
Ko'ngliga suyanib erkak yig'laydi.
Maylar-u sharobga bo'lsa u oshiq,
Jrkanch odatlarga yashasa sodiq.
Nom qozonolmasa ablahdan ortiq,
Bir kuni og'rinib erkak yig'laydi.
Hech ham baxt ko'rmasdan bir kuni oxir,
Og'zim oshga yetdi deganda axir.
"Ajal sari ketdik" desa Azroil,
"E,voh",deb baqirib erkak yig'laydi.
She'rim tugar bo'ldi endi Abdulloh,
Yuraklar ezildi so'zim tinglab vox.
Kechir bizni,Alloh,kechir yo Alloh,
Kechirmasang bilki dunyo yig'laydi.
Bobur Mssaliev еще тексты
Оценка текста
Как вам текст?
1 out of 5
2 out of 5
3 out of 5
4 out of 5
5 out of 5
Статистика страницы на pesni.guru ▼
Просмотров сегодня: 3