Гуру Песен Популярное
А Б В Г Д Е Ж З И К Л М Н О П Р С Т У Ф Х Ц Ч Ш Э Ю Я
# A B C D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V W X Y Z

Bolalar - Nega | Текст песни

«SHAMOL»

Tohir Sodiqov musiqasi, Tohir Sodiqov ijrosida.

Shamol, senga havas bilan intiladi qalbim,
Sendek ozod, sendek erkin bo‘lolmaydi hech kim.
Kezarsan dunyo bo‘ylab, bulutlarni haydab,
Yetti iqlimni romlab, nafasing bag‘ishlab,

Baxtlilarga sen faqat…
Armon to‘lar, qalbim yig‘lar seni ko‘rolmasdan,
Bilsam chindan, yolg‘on ekan barcha haqiqatlar.
Baxtimiz bori xazon, ko‘nglim bo‘lgan vayron,
Izlab seni men sarson, nahot kechding oson?!
Chin orzu-sevgimizdan, jonginam…

Naqarot:
Nega sevdim, nega yondim, kimni deb kuydim,
Ishondim kimga, boshimni egdim,
Ko‘zyoshlar to‘kdim, kimni deb, ayt, axir, menga, ayt, axir?!

Nega sevdim, nega kuydim, kimni deb yondim,
Ishondim kimga, aqldan ozdim, yig‘laydi qalbim!
Kimni deb aytgin nega haqiqat yo‘q bu dunyoda, jonim?..

Yurak notinch, yoningda kimdir bor, axir, seni,
Nafrat to‘lar, rashkim yonib kul qiladi dilni.
Bilolmadim xatoyim, sevganimmi gunohim,
Intizor senga qalbim, sen eding bor-u yo‘g‘im,
Osmon, menga rahm qil, ayt, axir?

Naqarot:
Nega sevdim, nega yondim, kimni deb kuydim,
Ishondim kimga, boshimni egdim?
ko‘zyoshlar to‘kdim, kimni deb, ayt, axir, menga, ayt, axir?
Nega sevdim, nega kuydim, kimni deb yondim,
Ishondim kimga, aqldan ozdim, yig‘laydi qalbim.
Kimni deb aytgin nega haqiqat yo‘q bu dunyoda, jonim…

Bolalar еще тексты


Другие названия этого текста
  • Bolalar - Nega (0)
  • Bolalar - Shamol (0)
Оценка текста
Статистика страницы на pesni.guru ▼
Просмотров сегодня: 3
Видео
  • Bolalar - Nega men sensiz (2001) Bolalar - Nega men sensiz (2001)
    Bolalar Legenda Uzbekistan Tohir sadikov 2001. ... Bolalar - Nega men sensiz ( 2001 ...
  • Bolalar - Izhorim (new) Bolalar - Izhorim (new)
    Bolalar Legenda Uzbekistan Tohir Sadikov gruppa Bolalar.