Ey do`stim, ey do`stim, Davlating, imkoning bo`lsa, Tulporing choparga maydoning bo`lsa, Manziling ko`zlagan karvoning bo`lsa, Eng avval otangning qadrini bilgin, Eng avval onangga yaxshilik qilg`il.
Zeb-ziynat ustunmas ota-onangdan, Mol-davlat ustunmas ota-onangdan, Hashamat ustunmas ota-onangdan, Maishat ustunmas ota-onangdan, Eng avval otangning qadrini bilgin, Eng avval onangga yaxshilik qilg`il.
Bugun qadah tutib turgan dilbarlar Yiqilsang, bir kunda tashlab ketarlar, Odam bo`lib solgin ortga bir nazar, Eng avval otangning qadrini bilgin, Eng avval onangga yaxshilik qilg`il.
Oppoq sochlarida sabr beshigi, Ajinlar qatori – jabr beshigi, Biz ochib kirmasak mehr eshigin, Qarsillatib yopsak qadr eshigin, Ulgur ochilmasdan qabr eshigi, Eng avval otangning qadrini bilgin, Eng avval onangga yaxshilik qilg`il.
Ey do`stim, ey do`stim, Davlating, imkoning bo`lsa, Tulporing choparga maydoning bo`lsa, Manziling ko`zlagan karvoning bo`lsa, Eng avval otangning qadrini bilgin, Eng avval onangga yaxshilik qilg`il.
Bu dunyo nimadir, bu dunyo – o`yin, Bugun yutsak, erta yutkazish tayin, Boshqa ishingni qo`y, ey Ahad Qayum, Eng avval otangning qadrini bilgin, Eng avval onangga yaxshilik qilg`il.
Bor boyligu naqding shular emasmi? Bor davlatu taxting shular emasmi? Axir sening baxting shular emasmi? Eng avval otangning qadrini bilgin, Eng avval onangga yaxshilik qilg`il.
Ey do`stim, ey do`stim, Davlating, imkoning bo`lsa, Tulporing choparga maydoning bo`lsa, Manziling ko`zlagan karvoning bo`lsa, Eng avval otangning qadrini bilgin, Eng avval onangga yaxshilik qilg`il.
Eng avval otangning qadrini bilgin, Eng avval onangga yaxshilik qilg`il.