Гуру Песен Популярное
А Б В Г Д Е Ж З И К Л М Н О П Р С Т У Ф Х Ц Ч Ш Э Ю Я
# A B C D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V W X Y Z

Doniyor Fayz - Jonon bo'laman deb | Текст песни

Jonon bo‘laman deb, hammani kuydirasanmu,
Kuygan bu faqirlarni yana yondirasanmu,
Ta’ming shumikin, yuz yilga dovur
Mana shundoq turasanmu?
Yosh boshing bilan har yerda yolg‘iz yurasanmu?
Ey, mehri hilol ko‘chasidan o‘tmaganim, kel, voy!

Men asragan vaqtima sen yoshgina erding,
Ham erkayu munisu yuvoshgina erding,
Oq yuzli, xoldor, qalamqoshgina erding,
Har yona borar chog‘ima yo‘ldoshgina erding,
Ming va’da qilib, birga vafo qilmaganim, kel, voy!

Ey, yosh yurak, kuydirasan, qayda bo‘lursan?
Beshubhayu benomu-nasab qayda turursan?
Savdo qilayin, bormu sening asli makoning,
Jonimni beray, ishq do‘konini qayda qurursan?
Ey, mehri hilol ko‘chasidan o‘tmaganim, kel, voy!


Doniyor Fayz еще тексты


Статистика страницы на pesni.guru ▼
Просмотров сегодня: 2
Видео
    Нет видео
    -