Nonga emas mehrga zorman,
Ishonganim Hudoga yorman,
Garchi hayot bog`ida borman,
YAXSHILARNI IZLAB CHARCHADIM...
Ko`rdim Majnun kezgan sahroni,
Ko`rdim ishqda kuygan insonni,
Dunyo kezib ko`rdim yomonni,
YAXSHILARNI IZLAB CHARCHADIM...
Peshonmanga ajinlar chizib,
Yillar o`tar yuragim ezib,
Tovonimdan qora qon sizib,
YAXSHILARNI IZLAB CHARCHADIM...
Nola qildim otam ruhiga,
Faryod urdim onam ruhiga,
Odam madad odam ruhiga,
YAXSHILARNI IZLAB CHARCHADIM...
Hurshid Rasulov еще тексты
Оценка текста
Статистика страницы на pesni.guru ▼
Просмотров сегодня: 2