Do'stlar, bir dilbari, joni jahonim bor maning, Orazi gul qomati, sarvi ravonim bor maning, Furqatida ro'zisha bog'u fig'onim bor maning, Ohkim, oshufta holu, notavonim bor maning, So'zi ishqida base, dog'i miyonim bor maning.
Har qiyo boqquncha jonimga o'tlarni solar, Rishtayi jonim uzilar va ki umrim qisqalar, Toqati sabrim tugab, armon to'lar, ko'nglim qolar, Ishvalar zoe qilib, andoqki jonimni olar, Va na zolim dilbari, nomehribonim bor maning.
Jon berarlar ishqida, yuz mak kabi ovvoralar, Bo'lmamish olamda mandek kimsa, baxti qoralar, Tig'i hijrondin yuragim bo'ldi yuz ming poralar, Qon ravon oqdi jigardin, pora bo'lgan yoralar, Shu'la dardi beqarori, beomonim bor maning.
Yuzina hayron erur ishq ahli bo'lgan jonlar, Pora-yu shaydo bo'libdur ham anga janonlar, Olam ahli o'tmiram hamdamdayin farmonlar,