ОригиналТранслитерация So‘ngi bor bergin imkon, Dardlarim tingla bir on, Ma’nosiz hayotimga chora yo‘q. Atrofimda savollar Tinimsiz qalbim qiynar, Gohi umr beshafqat, Gohida bir baxt. Vujudimda yonar cho‘g‘, Sendan o‘zga choram yo‘q.
N a q a r o t: Taskin ber, taskin ber, Dardlarim yutay! Sen yana Taskin ber, taskin ber, Dardim unutay! (2x)
Ko‘zlarimga to‘lsa yosh, Tugasa sabr-bardosh, Tanho sendan umidvor Qolaman... qolaman. Goh kulib yonarkansan, O‘zing unutarkansan, Har bir qilgan aybingni Eslar ekansan. Vujudimda yonar cho‘g‘, Sendan o‘zga choram yo‘q. Taskin ber, taskin ber, Taskin ber, taskin ber. O-o-o!..