Tavallud ayyomga taklif etilgandi, Men bilan do`stlarim, dugonalarim. O`zgacha edi u kechaning damlari, O`sha kun astoyidil seniki edi. Shunda negadir ko`zimdan, nigohing uzolmading, Dugonalarim ichidan, sen meni tanlading.
Naqorat: Tug`ilgan kuningda, tug`ilgan kuningda, Hayajon - iboga giriftor edik. Tug`ilgan kuningda, tug`ilgan kuningda, Bor bo`lsa esingda, uchrashgan edik.
Endi u kunni men tole`im deb bildim, U ayonda tanho baxtimni topdim. Bo`lamiz deb birga juda ham ishondim, Sen bilan orzudir mening hayotim. Yashar ekan teran dilda, ming sahifali ertak, Uning nomi bu olamda, sevgi bo`lsa kerak.
Naqorat: Tug`ilgan kuningda, tug`ilgan kuningda, Hayajon - iboga giriftor edik. Tug`ilgan kuningda, tug`ilgan kuningda, Bor bo`lsa esingda, uchrashgan edik