Ming bora senga aytardim,
O‘tinardim,
O‘zgararmisan deb...
Xatolaring unutardim,
Kechirardim,
O‘zgararmisan deya...
Kechalarimda, sahrolarimda,
Seni izlaganimda
Qaylarda eding?
Kechalarimda, sahrolarimda,
Seni izlaganimda...
Xayr, xayr endi, ortga qarama,
Qarama.
Xayr, xayr endi, meni izlama,
Izlama.
Bir bor singan qalbim yana qiynama,
Qiynama.
Ket.
Seni deb ne g‘iybatlarga ko‘z yumardim,
O‘zgalardan voz kechib...
Oq-qorani ajratmasdim, anglamasdim,
So‘zlaringga ishonib...
Kechalarimda, sahrolarimda,
Senga ishonganimda
Qaylarda eding?
Kechalarimda, sahrolarimda,
Senga zor bo‘lganimda...
Xayr, xayr endi, ortga qarama,
Qarama.
Xayr, xayr endi, meni izlama,
Izlama.
Bir bor singan qalbim yana qiynama,
Qiynama.
Ket. (2x)
Lola Yuldasheva еще тексты
Оценка текста
Статистика страницы на pesni.guru ▼
Просмотров сегодня: 2