Ko’zlarimga boqib munglisan deding,
Nechun mungli bo’lay axir sen borsan.
O’zimdan ham avval g’amimni yeding,
Yuzimda tabassum, ko’nglimda orsan.
Kiprigimda asrab yurardim seni,
Oqib ketding afsus ko’zlarim yumsam.
Sen ham avaylarding, azizam meni,
Birovning bahtini, sevibman bilsam…
O’zgani sevibsan meni do’st bilib,
Nechun hafa bo’lay, axir sen baxtli.
Dardimni aytingku, quvonchim yulib,
Unday qilmasmiding, sevishim bilsang…
Murod Xojamberdiyev еще тексты
Оценка текста
Статистика страницы на pesni.guru ▼
Просмотров сегодня: 2