Men nechun sevaman O'zbekistonni, Tuprog'in ko'zimga aylab to'tiyo? Nechun Vatan deya yeru osmonni, Muqaddas atayman, atayman tanho. Aslida, dunyoda tanho nima bor, Paxta o'smaydimi o'zga elda yo? Yoki quyoshimi sevgimga sabab? Axir quyoshli-ku butun Osiyo. Men nechun sevaman O'zbekistonni? Bog'larni jannat deb ko'z-ko'z etaman, Nechun ardoqlarkan tuprog'ini men, O'paman: “Tuprog'ing bebaho, Vatan” Aslida tuproqni odil tabiat Taqsim aylagan-ku yer yuziga teng. Nechun bu tuproq deb yig'ladi Furqat, O, Qashqar tuprog'i, qashshoqmiding sen? Xo'sh nechun sevasan O'zbekistonni, Sababini aytgin, desalar men ga, Shoirona, go'zal so'zlardan oldin Men ta’zim qilaman ona xalqimga.