Bu pishmas savdomi deb yuboraman Chorasiz qolganda ishq bozorida. Umidvor, lek qalbi tilka-poraman, Bir hikmat bor deya yor ozorida. (2x)
N a q a r o t: Mayli, telba denglar, mayli, devona. Nahot sevgi gunoh, bizlar gunohkor? Gulni bulbuliga aylab begona, Kimning ko‘ngli to‘lar, kimga qanday kor?
Ichimga to‘ldirib hasrat dog‘larin Jim nurab boryapman dilga bildirmay.
Yo kutib o‘taymi, yo kechib ketay, Aro yo‘lda qoldim bir jonim bilan. Oldimda ikki yo‘l, qay birin tutay Yo ortga qaytaymi armonim bilan....
N a q a r o t: ................................................
Monolog: Hoy, men sening qora sochingga emas, qorday oq ko‘nglingga bog‘lanib qoldim. Netay, netay, sen bilan xayrlashgim kelmas. Alvido deyishga yo‘q qarorim, yo‘q qarorim.....