Hazon ingrar qadamimda,
Hiyobonlar yolg'iz kezdim,
G'am bilmagan bola edim,
Bugun ko'nglim g'arib sezdim.
Qaydan seni uchratdim men,
Tanimasam bo'lmasmidi,
Buncha senga bog'landim men?
Sevgi uchar yelmasmidi?
Naqorat:
Kelib-kelib, kelib-kelib
Senga tushib ishqim mani,
So'zim yig'lar zor-intizor,
Bag'rim ezar rashkim mani.
Ko'ngil zori, dil ozori,
Umidsiz sevgi azobi.
Hech ketmaydi hayolimdan,
Mast qildimu ishq sharobi.
Shodon o'ynar favvoralar,
Meni holim bilmaydilar
Tuyg'ularim ovoralar,
Hazonlarga o'xshaydilar.
Naqorat:
Kelib-kelib, kelib-kelib
Senga tushib ishqim mani,
Sozim yig'lar zor-intizor,
Bag'rim ezar rashkim mani.
Otabek Mutalxo'jayev еще тексты
Другие названия этого текста
- Otabek Mutalxo'jayev - Hazon (0)
- Otabek - Hazon (0)
Оценка текста
Статистика страницы на pesni.guru ▼
Просмотров сегодня: 2