http://lyricstranslate.com Men seni yorim desam, Yoningda yoring bor ekan! Koʻngling oʻsha yorga zor ekan-e, Nima qilaman, ayt! Seni vafodor desam, ranjima, vafo yoʻq ekan! Menda hech koʻngling yoʻq ekan-e, Nima qilaman, ayt! (2x)
Behuda oʻtdimi umrim, seni deb yurib-yurib, Endi yorugʻ kunlarim qolarmi qorongʻi boʻlib? Ketding-ku sen yuragimdan, sevgimni yulib-yulib-ey, Endi men yolgʻiz oʻtamanmi? Nima qilaman, ayt!
Naqarot…
Har kun seni oʻylab-oʻylab, qolmadi tanamda jon, Ketdi-ku tugal oromim, sogʻindim seni yomon, Topolmadim manzilingni, qaylardan etding makon, Sensiz ahvolim boʻldi yomon-ey, Nima qilaman, ayt!