Qadu xating bila koʻzu yuzung, ey sarvi siymintan,
Biri sarvu biri rayhon, biri nargis, biri gulshan.
Hadisu la’lu raftoru jamolingdin erur har dam
Tilim goʻyo, soʻzum rangin, koʻshul xurram, koʻzum ravshan.
Meni madhushu miskin, naylay, ul shoʻxi balo birla,
Men asru bedilu bexud, ul asru purdilu purfan.
Falak javru jafosidin, ul oy dardu balosidin
Chekarmen nolayu afgʻon, qilurmen giryayu shevan.
Baloi ishqu yolgʻuzluq, dagʻi hijronu gʻurbatda
Otim — Majnun, kishim — mehnat, ishim — zori, yerim — gulxan.
Oʻqung birla xayoling, dardingu mehringga Boburdek,
Tanim — manzil, koʻzum — maskan, koʻkus — ma’vo, koʻngul — maxzan.
Ozodbek Nazarbekov еще тексты
Видео
-
Ozodbek Nazarbekov - Samarqandcha (Official ...
Ozodbek Nazarbekov - Samarqandcha (Official Video) .... Ozodbek Nazarbekov - Otim ...
Оценка текста
Статистика страницы на pesni.guru ▼
Просмотров сегодня: 2