Radius 21_- \"FERIDE\" Oh, bir farishta Feride esiz, Orzulari cheksiz bo'lgan qishloqdan go'zal bu qiz. Istardi boylik, modelniy biznes. O'tdi tunlar uyqusiz kutardi sabrsiz... Sanalardi har bir kun, to'planardi pul. Yuzida go'zal tabassum, ko'zlarida nur. Hayolida fotosessiya, paparyatskiy jurnal, Fashion, podium, atrofida shaxzodalar. <Qachon tugaydi maktab? > savol qaytadan berilib, Ezmalandi har soat, yurak kettiku ezilib! U rostanam go'zal edi qomati kelishgan. Nozik bo'lgan barmoqlarin nafis uzuklar bezagan. Ko'm ko'k ko'zlar, oh, go'zal bu manzara. Maftun qilardi odamni - sezilardi istara. Chet elda yuragi uni kutardi provinsiya. So'ng Moskva, Amerika, hattoki Gretsiya... Bir tarafdan qo'rqib hayotdagi prinsiplar: <ALDAB KETISHSACHI AGAR CHET ELDAGI YIGITLAR?>... O'ylandi, kutdi, rejalar tuzdi uzoq... Chetda bo'lsam derdi yanada tezroq... Yurakka dalda berdi, Vaqt ham kelgan edi. U yerda yashash uchun 500 bor edi. Shpilka, tufli, kofta, mini yubochka, Ozgina kosmetika, kichkina sumochka. Onasi duo qildi, ostona hatlab o'tdi. Samolyot tezlik bilan manzilga kelib qo'ndi. Fashion, moda, byuro, qolmadi agentlik. Topilmadi hech bir joy topilgani 5 tiyinlik... Oradan bir oy o'tdi ko'rinmadi ish tagi. Uni \"qutqarib qoldi\" halaskor wolkswagenda. Osmondagi va'dalar, yoqimli hushomad, Gullar, pul, restoran, so'ng haqorat.... HIYONAT QILDI !!! Xo'sh bu katta shaxar. Odamni xatolari balki yaxshi hayotga boshlar. Keyin ikkinchi so'ngra uchinchi bir amaki boy....uni sevib qoldi! Rejalar bisyor edi: RIO DE JANEYRO, RIM... Ajoyib roman edi, xuddi HAP BANDLIK film. Mashina dacha to'yni rejalashtirdi, Bilsa firibgar ekan...qamalib ketdi... Yana bir bankir undan keyingi manzil, Ishda kirim faqat hamma gaplari xazil. -- Tug'ilgan kunim--dedi-- yolg'iz qoldirma meni. Do'stlarim ham bor--dedi... Feride rozi bo'ldi... Tug'ilgan kun chetda dachada, Yo'li ham shaxardan anchagina uzoqda joylashgan ekan. Bayramni nishonlashdi, bankin yo'q(?) Feride uni izlab do'stlaridan eshitdi quyidagicha gap: <U SENI QIMORDA YUTQAZIB QO'YDI. ASALOY RANJIMA SHUNAQASIYAM BO'LADI...> Ko'pligidan chalkashib ketti xato, barbod, Ordan judo, sado, nido, ESHITMADI XUDO! Shpilka singan, yirtilib ketgan yubochka, Bo'yalgan kosmetika, pulga to'lgan sumochka. Feride darrov qochib, pullarni ilib, Shaxar tomon yo'lda ketayotib, birdan o'ylanib...--->>>> <PUL UCHUN QIMMAT TASQARA! MAYLI!> deya o'zidan rozi. Qolmadi ko'zida olmosi, nozi, qolgandi ozi. Pul uchun sabr edi, sabr uchun pul edi hayotimiz qonuni... Bilinmay bir yil o'tdi uyga olindi bilet Jonga tekkan bu hayot, ortida qolardi chet. Yillar to'plangan ko'z yoshlar to'kilib kettiku! Nahot orzu qilingan hayot aynan shu!!! Oh, bir farishta FERIDE esiz, Orzulari cheksiz bo'lgan qishloqdan go'zal bu qiz. O'ylandi, kutdi, rejalar tuzdi uzoq. Chetda bo'lsam derdi sodda qiz tezroq