Mobila qoʻlimda. Asta sekin raqamni terdim. (Allo?) Uzoq gudokdan keyin javob eshitdim. Jimlik kuyini chalardi bir necha soniya, Bizdan yiroqda edi, uzoqda – garmoniya. Dialogni men ochdim, u esa davom etdi. Uchrashuv belgiladik, Ozgina vaqtlar oʻtdi. Tuygʻular esdan chiqqan… Yuzma-yuz oʻtirdik biz. Oʻylanardik ikkimiz, Sevgidan qolganmi iz. Unda yangicha hayot, Oʻzgacha bir maniya, Men bilan Toshkent boʻlsa, U bilan Ispaniya! Mening ustimda soddagina mayka, U-chi? – Boshidan oyogʻigacha – Prado, Rollex, Gucci... Seni yaxshi tushunaman, Men bilan nima koʻrding? Befoyda sheʻrlarimmi, Sanoqdagi har bir tiyin, Jahldagi qichqiriq, Sevgi izxor… Shu xolos! Intilib kutganingdan Olarding doimo oz. U esa – boshqa dunyo! Quruq gap gapirmaydi, Jahlda baqirmaydi, Pulda maydalashmaydi! Men kelardim sovgʻasiz, U esa – gullar bilan! Sevgim bilan koʻmardim, U esa – pullar bilan... Boshingni qotirma, mayli, Oʻzi shundoq hamma yon! Gaplarim yolgʻon boʻlsa, Men ham qilmasdim bayon. Unda Audi, toʻrtinchi, Yonida valyuta koʻpincha. Oʻtmishni esdan chiqar! Mana endi prestij ham Bir kun kelib koʻrasan! Aslida xato qilding, Sevgi pulga sotilmas, Muhabbatni xor qilding! Baxt degani pulmikan? – Deya ikkilanaman! Oʻz yoʻlingni tanlading-ku, Men nima qila olaman? Yoʻq unda daryo pullar! Shivir aytib qoʻyasan… Sevgi qiziqtirmaydi Deya javob berasan… Oʻylanib koʻrgin bir bor, Haliyam imkoni bor... Sen esa jimlik saqlab, Birdan solib ketding dod! Yana shu isterika, Yana oʻsha panika! Goʻyoki sen farishtayu, Men aybdor bariga! ( haa!) Qoʻlidagi mobili sindi, Sochilib ketdi tekila. Ovozing gʻazab bosib – Yana oʻsha eski gap! – Koʻzlaringga yosh olib… Qara, e`tiborsiz – sen! Hayotda mazmuning yoʻq! Lazzatsiz – hayot! Seni deb! Nima, hali men aybdormanmi, Boylikka sen oʻch boʻlsang! Seni koʻtara olmayman! «Jim boʻl!» «Ovozing oʻchsin!...» Tomchilar tushgan koʻzingdan… Gʻazab tushmagan yuzimdan… Birdan tugadi bu drama… Uyma-uy ketgandi hamma… Aybsiz – ikkalamiz, Shunchaki turlimiz biz! Senga baxt pulda boʻlsa, Menga edi ikkimiz...