Гуру Песен Популярное
А Б В Г Д Е Ж З И К Л М Н О П Р С Т У Ф Х Ц Ч Ш Э Ю Я
# A B C D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V W X Y Z

ramazan_0096 - Telbaman | Текст песни

Xursandman seni ko‘rganimdan,
Hali ham o‘sha-o‘sha shirin tabassum.
Esingdami o‘sha so‘nggi qadam,
Sen ketarding, men esa qolgandim mahzun.

Xatolarimiz yuvdi ko‘zyoshlar,
Axir o‘tdi necha mahzun yillar.
Bilganimda, balki, kutmas edim,
Qaytmasliging bilsam qo‘yvormas edim.

Mayli meni telba de yo xasta bechora,
Sen ne ahvolda deb, yuragimdan so‘ra.
Mayli bir telbaman, aqldan ozgan,
O‘z-o‘zidan kechib, bir senga ishongan telbaman.

Hamma narsaga vaqt davo derlar,
Negadir men uchun bu davomas jazo.
Sen aytarding: “Sizdan kechmayman”, deb,
Balki shunga ishonib qoldim bevafo.

Aslida esa har xil ekanmiz,
Balki shunga uzoq-uzoqdamiz.
Qiynalgan bir menman, seni esa jim,
Balki kutding, balki unutding.

Mayli meni telba de yo xasta bechora,
Sen ne ahvolda deb, yuragimdan so‘ra.
Mayli bir telbaman, aqldan ozgan,
O‘z-o‘zidan kechib, bir senga ishongan telbaman.

Telbaman, telbaman, telbaman, bir senga ishongan,
Telbaman, telbaman, telbaman, bir senga ishongan.

Xursandman seni ko‘rganimdan,
Hali ham o‘sha-o‘sha shirin tabassum.
Esingdami o‘sha so‘nggi qadam,
Sen ketarding, men esa qolgandim mahzun

ramazan_0096 еще тексты


Видео
Нет видео
-
Оценка текста
Статистика страницы на pesni.guru ▼
Просмотров сегодня: 2