Ko’zlarim ochig’u ko’ra olmayman Oyoqlarim butun yura olmayman Qaddim raso lekin tura olmayman Men nechun yaraldim, Allohim? Qayda qoldi mening dodu-fig’onim Javobsiz qolg’aymu tag’in so’rog’im Dunyolarni yutar chanqoq qarog’im Men nechun yaraldim, Allohim nechun? Naqorat: Bir jahonim jonim yo’q meni Bir oshig’im-yorim yo’q meni Bir hanjar ur qonim yo’q meni Men nechun yaraldim, Allohim? Mening hech kimim yo’q Allohdan boshqa Mening hech narsam yo’q o’zimdan boshqa Ko’ngilda ne qoldi bir toshdan boshqa Men nechun yaraldim, Allohim nechun?