Гуру Песен Популярное
А Б В Г Д Е Ж З И К Л М Н О П Р С Т У Ф Х Ц Ч Ш Э Ю Я
# A B C D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V W X Y Z

Rustam Goipov - hato qilishingnii kutar! | Текст песни

Shundaylar bor,senga lutf aylab,
Do'stman, deya senga qo'lin tutarlar.
Lekin har zum qadaming poylab,
Xato qilishingni kutarlar.
Xato qilsang, ularga bayram,
Yo'qsa, zahru zaqqum yutarlar.
Mayli, jindek, zarra bo'lsa ham,
Xato qilishingni kutarlar.
Xatolaring kerak ularga,
Shox - navdangn darhol butarlar
Tag'in kunni ulab tunlarga,
Xato qilishingni kutarlar.
Axtarurlar hamisha illat,
Etti pushting go'rin titarlar.
Faqat unma, ulg'ayma faqat,
Xato qilishingni kutarlar.
Ular senga bir umr yo'ldosh,
Sodiq hamroh kabi o'tarlar.
Qabring uzra egsalar ham bosh,
Xato qilishingni kutarlar.

Rustam Goipov еще тексты


Статистика страницы на pesni.guru ▼
Просмотров сегодня: 3
Видео
Нет видео
-