Гуру Песен Популярное
А Б В Г Д Е Ж З И К Л М Н О П Р С Т У Ф Х Ц Ч Ш Э Ю Я
# A B C D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V W X Y Z

SEVARA NAZARKHAN - BIR KAM DUNYO ( Rashid Xalikov bilan ) | Текст песни

[SEVARA]
Gohida g'am, goh quvonch, allaqanday tashvishlar,
Gohi gumon, goh ishonch qalb qafasin to'ldirar.

[SHAHZOD]
O'zimizga ishonib gohki birga borammiz,
Musibat yetgan chog'da zaif titrab qolamiz.

[SEVARA]
Bu hayot dengizida, biz misoli bir tomchilar,

[SHAHZOD]
Har tomchi amalidan dunyo to'ri to'qilar.

Bir kam dunyo shod-xurramlik,
G'am-qayg'u unda birga turar.

Bir kam dunyo.

[SEVARA]
Bir kam dunyo, yaxshilik va yomonlik mudom baxsin surar.

[SHAHZOD]
Bir kam dunyo, sinovingdan o'tishga har kim madad, najod tilar.

[SEVARA]
Muhabbat shirin og'u ishq qo'liga aylanib,
Bevafoning ahtiga goh qolamiz aldanib.

[SHAHZOD]
Mashaqqatli bu hayot aslida bir muallim,
Hom sut emgan bandalar undan olmaymiz ta'lim.

[SEVARA]
Baxt boylikka cho'mganda yoqotamiz halovat,

[SHAHZOD]
Dunyo bir kamligiga hech qilolmaymiz toqat.

[DUET]
Bir kam dunyo shod-xurramlik,
G'am-qayg'u unda birga turar.
Bir kam dunyo.
Bir kam dunyo, yaxshilik va yomonlik midom baxsin surar.
Bir kam dunyo, sinovingdan o'tishga har kim madad, najod tilar.

Bir kam dunyo shod-xurramlik,
G'am-qayg'u unda birga turar.
Bir kam dunyo, yaxshilik va yomonlik mudom baxsin surar.
Bir kam dunyo, sinovingdan o'tishga har kim madad, najod tilar.
Najot tilar.

Другие названия этого текста
  • Sevara Ft. Shaxzod - Bir Kam Dunyo (1)
  • SEVARA NAZARKHAN - BIR KAM DUNYO ( Rashid Xalikov bilan ) (0)
Статистика страницы на pesni.guru ▼
Просмотров сегодня: 1
Популярное сейчас
Видео
Нет видео
-