Men dunyoni nima qildim, O`zing yorug` jahonim, O`zimga bek, O`zim sulton, Sen taxti Sulaymonim, Yolg`izim, Yagonam deymi, Topingan koshonam deymi, O`zing mening ulug`lardan Ulug`imsan.
Sen Ho`jandsan, Chingizlarga Darvozasin ochmagan, Temur Malik orqasidan Sirdaryoga sakragan, Muqannasan qorachig`i Olovlarga sachragan, Shiroqlarni ko`rgan cho`pon Cho`lig`imsan, Vatanim.
Shodon kunim gul otgan sen, Nolon kunim yupatgan sen, Yuzing bosib yuzimga. Singlim deymi, Onammi, Ilig`imsan, Vatanim, o`zingsan,
Sen – shoxlari osmonlarga Tegib turgan chinorim, Ota desam, Qizim deb, Bosh egib turgan o`zing, Ulug`imsan, VATANIM !
Kim Qashqarni qildi makon, Kim Enasoy tomonda, Jaloliddin – Qurdistonda, Boburing – Hindistonda, Bu qanday yuz qarolig` deb Yotarlar zimistonda, Tarqab ketgan to`qson olti Urug`imsan, Vatanim…
Qizim desa osmonlarga G`irot bo`lib uchgayman, Chambil yurtda Alpomishga Qayliq bo`lib tushgayman, Padarkushdan pana qilib Ulug`beging quchgayman, G`ichir-g`ichir tishimdagi So`lig`imsan, Vatanim…
Shodon kunim gul otgan sen, Nolon kunim yupatgan sen, Yuzing bosib yuzimga. Singlim deymi, Onammi, Ilig`imsan, Vatanim, o`zingsan,
Sen – shoxlari osmonlarga Tegib turgan chinorim, Ota desam, Qizim deb, Bosh egib turgan o`zing, Ulug`imsan, VATANIM !
Shodon kunim gul otgan sen, Nolon kunim yupatgan sen, Yuzing bosib yuzimga. Singlim deymi, Onammi, Oftobimsan, Vatanim, o`zingsan,
Sen – shoxlari osmonlarga Tegib turgan chinorim,о`zingsan Ota desam, Qizim deb, Bosh egib turgan o`zing, Ulug`imsan, VATANIM !