Sevgi deganlari birdan yo'q bo'larmu Yoki qiymati shuncha arzon bo'larmu Sevishganlar bir biridan tez to'yarmu Yor degani shunchalar oson kecharmu [2 Times]
Tunu bo'yi bitta savol uxlatmadi tongacha Sabrim yetib bormadi o'ylayverib javobgacha Yorim ko'ngli bo'lganmikan oz bo'lsa ham zarracha Yo yolg'onmidi so'zlari ishondim shu kungacha
Menga bergan vadalari bitta bitta yodimda Qay ahvolda bo'lsam bo'larman degandi yonimda Endi sevgi parchalanib ketmoqda ko'z oldimda Neqilarim bilmay hech narsa kelmadi qo'limdan
Sevgi deganlari birdan yo'q bo'larmu Yoki qiymati shuncha arzon bo'larmu Sevishganlar bir biridan tez to'yarmu Yor degani shunchalar oson kecharmu [2 Times]
Kechagina kulib turib yurgan edi mehribon Bugun esa zarracha mehr qolmadi men tomon Barcha ayb menda bo'lsa mayli bo'lay men yomon Hech bo'lmasa xayrlashib ket dep qo'yay bo'l omon
Shuncha maktublar yozdim lek bitta ham yo'q javobi Bunchalar og'ir bo'lmasa bevafo yor azobi Nur sochar ekanmi yo'llarimga sevgi oftobi Yuragimni ezar tinmay savollarning girdobi
Sevgi deganlari birdan yo'q bo'larmu Yoki qiymati shuncha arzon bo'larmu Sevishganlar bir biridan tez to'yarmu Yor degani shunchalar oson kecharmu [2 Times]