Sevga nima? Azob hijronmi? Yoki dilni mast etuvchi may Sevga nima bu? Imtihonmi? Yoki tong payt yig'latuvchi nay Sevgi nima? Ahd-u vafomi? Dilga cho'kkan xoxish xatomi? Sevgi nima? O'tli nafasmi? Yoki shunchaki orzu havasmi? Sevgi nima? Go'zal ijodmi? Sevishganlar umrbod shodmi? Sevgi nima? Ilohiy kuchmi? Yoki faqat itoat burchmi? Sevgi nima? Bir shirin tushmi? Yoki sevib so'ng unutishmi? Sevgi nima? Sevgi nima? Sevgi nima? Sevgi nima? Ayt! Ayt, kimga keragi bor yaralangan dil Nega boshqasin sevaman demaydi til Qoldim bir o'zim dilda og'rig'im bilan Sog'indim yulduzim, osmon esa baland Alam, alam, qizig'i yo'q olam Atrof to'la odam, jargacha bir qadam Hech kim bermas yordam, dunyo qorong'u ham Maylimi so'rasam Maylimi so'rasam, kimlarga beg'ubor boqadi ko'zlaring Kimni yuzini ayt silaydi qo'llaring Kimni mehridan so'ng men bo'ldim keraksiz Nega menga og'ir, nega og'ir sensiz Yuragim tubida, hukum suradi dard Ichimdan sezaman, sendan kechmog'im shart Vaqti kelib sendan ayrilishim bilar edim Lek baribir Sevgi nima bu? Azob yoki malham? Bu savolga javob yo'q, hatto menda ham Kuyga solaman, dildan chiqgan so'zlarimni Visoling hali ham tark etmaydi o'ylarimni Sevgi nima o'zi? Nega unga intilamiz? Mushkul erishamiz, so'ngra oson yo'qotamiz Bu dunyoni qutqaruvchi his bo'lsa muhabbat Unda meni hech kim qutqarolmaydi toabat