[Shahzoda] Yuz gapingdan bittasida ma’no yo’q, Javobim tayyor eshit – aslo yo’q! Sani ko’rsam yetishmaydi havo yo’q, Yo’limda o’ralashmagin, maqtanchoq.
[Bojalar guruhi] Erkatoyim Barbi, shokoladim mani, Mashina bo’ldi pachoq, qilsammi qo’g’irchoq. Tegirmonning charxpalagi, Chimyonning yaxmalagi, Nima kerak sanga, ayta qolgin manga.
[Shahzoda] Saning o’zing bir yona, man bir yona, Qadam bosma man tomona. Bo’lmagin atrofimda parvona, Kul bo’larsan yona-yona.
[Bojalar guruhi] Voy-yo’, ha-ha… Ovchi chiqdi o’rmondan, Pichoq oldi karmondan. Yo o’lasan yo qolasan, Kim bilan sen qolasan? [Shahzoda] Chuchvarani xom sanabsan!