Verse 1: Yo'q, senga qalbim ishonmayman, yo'q, Gumonlardan qocholmayman, yo'q. Bu dunyoga ishonchim yo'q [yo'-o'-o'q] Yo'q, sendaylardan hech ham sado yo'q, Sevging bo'lsa ham hech vafo yo'q. Yetar yolg'onlardan qornim to'q.
Chorus: Sevgi qiynagan meni, beg'ubor yuragimni, Yana aldansam agar yurak kechirmas meni [x2] Tinch qo'ygin meni...
Verse 2: Ko'p, juda ham ko'p meni deganlar, Bir qarashimga zor yurganlar. Ishqimda kuyib yonganlar. Ko'p, ular hali ko'p qiynaladi, Chunki meni egib bo'lmaydi, Mening sevgim hech sotilmaydi.
Chorus: Sevgi qiynagan meni, beg'ubor yuragimni, Yana aldansam agar yurak kechirmas meni [x2] Tinch qo'ygin meni...
Chorus: Sevgi qiynagan meni, beg'ubor yuragimni, Yana aldansam agar yurak kechirmas meni [x4] Tinch qo'ygin meni...