Ovunaman, eslayman Rasmingga qarab, Qalbim istaydi Bir zum visolingni tilab, Xatoyimni izlayman Tunu kunlari o‘ylab, Lekin topolmadim, Shunda ham ketding ayblab. Shu kungacha chidadim, Yolg‘onlaringga, afsus!.. Ayblaringga axir Keltirolmaysan asos. Sababi edi faqatgina Mendan qutulmoq. Sen uchun yashadim Shu kungacha men, axmoq.
Naqarot: Sensiz ham, o‘ylama, Baribir yashay olaman. Shunchaki onda-sonda O‘tmishni esga olaman. Seni sevganim yoqmagani uchun Shuncha jazolading, Yuragim yangi hayot sari Ola boraman. (2x)
Ming la`nat o‘sha kunga, Seni uchratdim bekor, Uchratmaganimda qalbim Chekmasdi buncha ozor. Chiroyli yuzingdagi Kulgularing – faqat niqob. Muhabbatdan topganim Bo‘ldi faqatgina azob, Axir ko‘zlaringda Samimiylik edi namoyon, Bugun esa hayratdaman, Hammasi aniq ayon. Men birinchi emas Va oxirgisi ham emas. Mengacha oshkor bo‘lgan Qilmishlaring aqlimga sig‘mas. A! Sevgi senga o‘yinchoq, O‘ynaysan-da, otasan. Niqobingni ishga solib, Kerakligini olasan. Bir kun kelib, bosh devorga Tekkanida bilasan. O‘zga qo‘lida xor bo‘lganda Qadrimga yetasan. Hali vaqt keladi, Yig‘lab chekasan afsus, Taqdir yo‘llarida Uchrashtirar hali yuzma yuz. Ne bo‘lganda ham baribir Hayotda haqiqat bor. Sensiz yashay olaman, Barchasi endi tamom.
Naqarot: ....... (2x)
Men hayrondaman, Har xil savollar Aylanar hech ham tinmay, Ko‘ngil qo‘ygan edim tasodifan, O‘zim ham bilmay. Axir sevgi tashrif Buyuradi qalbga beso‘roq, Lekin uni chiqarib Bo‘lmas ekan hech ham biroq. Ne uchun men aynan shu qizga Bog‘landim, ey, tangrim? Aqlan xohlamasam ham, Lekin tiladi qalbim. Axir u tuyg‘ularning Qadriga yetmadi zinhor, Bila turib o‘sha qalbga Beayov berdi ozor. Seni uchratdimu, O‘zgargan edi bu hayotim, Bugun esa quvonch o‘rnini Egallar faryodim. Afsuslanaman, ne uchun Butkul senga ishondim. Bugun esa yolg‘onlaring Sababli yolg‘iz qoldim. Hech ham o‘chirolmasman Yuragimdagi sevgim, Zarracha bo‘lsa ham ko‘ngling bormidi? – Kelar bilgim. Ne bo‘lganda ham, baribir, Hayot etmoqda davom. Sensiz ham yashay olaman, Barchasi bo‘ldi tamom.
Nahot, bo‘lolmadik birga, Ajraldik bir umrga? Orzular bo‘ldi armon, Dardim endi bepoyon. O‘sha kunlar eslayman, Xatoyimni bilmayman, Lekin endi hech qachon Zinhor ortga qaytmayman.