Гуру Песен Популярное
А Б В Г Д Е Ж З И К Л М Н О П Р С Т У Ф Х Ц Ч Ш Э Ю Я
# A B C D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V W X Y Z

Shaxriyor - Isxor ★AzamatBAXA★ | Текст песни

Sevgi nima? azob xijronmi,
Yoki dilni mast etuvchi may.
Sevgi nima? bu imtihonmi,
Yoki tong payti yig'latuvchi nay.
Sevgi nima? axdu vafomi,
Dilga cho'kkan xohish xatomi.
Sevgi nima? o'tli nafasmi,
Yoki shunchaki orzu havasmi.
Sevgi nima? go'zal ijodmi,
Sevishganlar umrbod shodmi.
Sevgi nima? ilohiy kuchmi,
Yoki faqat itoat burchmi.
Sevgi nima? bir shirin tushmi,
Yoki sevib so'ng unitishmi.
Sevgi nima? ayt, Sevgi nima ayt.

Ayt kimga keragi bor yaralangan dil,
Nega boshqasin sevaman demaydi til.
Qoldim bir o'zim dilda og'rig'im bilan,
Sog'indim yulduzim osmon esa baland.
Alam alam qizig'i yo'q olam,
Atrof to'la odam jargacha bir qadam,
Hech kim bermas yordam.
Dunyo qorong'u g'am maylimi so'rasam,
Maylimi so'rasam kimlarga beg'ubor boqadi ko'zlaring,
Kimni yuzini ayt silaydi qo'llaring.
Kimni mehridan so'ng bo'ldim men keraksiz,
Nega menga og'ir, Nega og'ir sensiz.
Yuragim tubida hukm suradi dard,
Ichimdan sezaman sendan kechishim shart.
Vaqti kelib sendan ayrilishim bilardim lek baribir.

Sevgi nima bu azob yoki malham,
Bu savolga javob yo'q hatto menda ham.
Kuyga solaman dildan chiqqan so'zlarimni,
Visoling hali ham tark etmaydi o'ylarimni.
Sevgi nima o'zi nega unga intilamiz,
Mushkul erishamiz so'ngra oson yo'qotamiz.
Bu dunyoni qutqaruvchi his bo'lsa muhabbat,
Unda meni hech kim qutqarolmaydi toabat.

Shaxriyor еще тексты


Статистика страницы на pesni.guru ▼
Просмотров сегодня: 1
Видео
Нет видео
-