Гуру Песен Популярное
А Б В Г Д Е Ж З И К Л М Н О П Р С Т У Ф Х Ц Ч Ш Э Ю Я
# A B C D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V W X Y Z

Sherali Juraev - Kema | Текст песни

Ayriliq oni yaqindur,
Kema yo'l bongin chalur.
Vah mani tashlab firoqqa,
Yor yiroqqa yo'l olur.

Jon borib, jonon birla,
Sohilda bir jismim qolur.
Mavj o'rib daryo kabi,
Oshuvta qalbim qo'zg'alur.

Vah mani tashlab firoqqa,
Yor yiroqqa yo'l olur.

Men necha aytdim ko'ngil,
Jondan kechib yor sevma deb.
So'ng yiroqqa ketsa tashlab,
Turma oh-voh dema deb.

Ketdi yor bas endi-ki,
Aytdi yoshingni tiyma deb.
Yig'lama ey ko'z nadir,
Sohilg'a chiqmas kema deb.

Kim yoshing daryosidur,
Har sori kim ko'z solur.
Vah mani tashlab firoqqa,
Yor yiroqqa yo'l olur.

Ey falak bas yig'lama,
Ul onda ul oy kemada.
O'rtada daryo-yu men,
U joyda ul oy kemada.

Kelmas endi oyda-ne,
Ming oyda ul oy kemada.
Sabr ko'ngilda, ko'ngil ul oyda
Ul oy kemada.

Vah-ki borib termulib,
Ko'z munglayib jonim qolur.
Vah mani tashlab firoqqa,
Yor yiroqqa yo'l olur.

Еще Sherali Juraev

Популярное сейчас

Видео
  • Sherali Jo'raev Kema Sherali Jo'raev Kema
    Sherali Jo'raev Kema. vomukumnojfirahs .... Sherali, Otahon gap yoq. Mani otam ...
  • Sherali Juraev Musofirlar Madhiyasi Sherali Juraev Musofirlar Madhiyasi
    Sherali Juraev Musofirlar Madhiyasi .... SHerali baribir SHeralida gapyoq olloh qolasin ...
  • sherali jo'raev atirgulim sherali jo'raev atirgulim
    Sherali Jorayevni EY JON degan qowiginiham yuklela iltimos man .... Sherali Juraev ...
  • Sherali Jo'raev Ko'rmisham Sherali Jo'raev Ko'rmisham
    Sherali Jo'raev Ko'rmisham .... Шерали Жўраевдек буюк саньаткор инсонлар дунёга 100 йилда бир марта ...