Гуру Песен Популярное
А Б В Г Д Е Ж З И К Л М Н О П Р С Т У Ф Х Ц Ч Ш Э Ю Я
# A B C D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V W X Y Z

Shohjahon Jo'rayev - Tazarru | Текст песни

Kimdir mehrga zor, beg'ussadir kim.
Kimdir nafs ilkida bandi-qo'g'irchoq.
Shohidan uzilib to'kilarkan jim,
Havoda omonat titraydi yaproq, titraydi yaproq...
Tuyg'ular uch kunlik, yolg'on sadoqat.
Sochilgay orzular chun xazonrezgi,
Dillarni dillarga qilolmay payvand,
Toshyuraklar ichra sargardon sevgi, sargardon sevgi...
Kimdir tirnoqqa zor, kimdir etar xor.
Falak giryon-yig'lab kuzatar xazin.
Ehh shuncha hasratni ortqilab bedor,
Charx urib telbavor aylanar zamin...
Charx urib telbavor aylanar zamin...
Bilmay ovvoramiz kim mard, kim xoin.
Do'st deb yurganimiz g'anim chiqar goh.
Baht kimgadir armon, kimgadir o'yin.
Hayot kimga ermak, kimga sajdagoh...
Tillarda tovlanar tovba-tazarru,
Hatolar tuzoqqa aylangan chog'i.
Vo ajab oyga ham solmishdir qutqu,
O'ylamay bosilgan qadamlar dog'i, qadamlar dog'i...
Kimdir tirnoqqa zor, kimdir etar xor.
Falak giryon-yig'lab kuzatar xazin.
Ehh shuncha hasratni ortqilab bedor,
charx urib telbavor aylanar zamin, aylanar zamin


Shohjahon Jo'rayev еще тексты


Статистика страницы на pesni.guru ▼
Просмотров сегодня: 1
Видео
  • Shohjahon Shohjahon
    Shohjahon. karimbek ... Shohjahon Jo'rayev Seni sevdim 2013 YouTube - Duration ...