Ko'zlarim seni deya uyqu bilmaydi, sog'inganimdan seni ko'rgim keladi baribir sevaman kutaman desam nega ishonmaysan..? Bu ketishda aqildan ozsam kerak aqilning so'ziga kirmaydi yurak baribir sevaman, kutaman desam nega ishonmaysan? Devonalarcha yaxshi ko'raman, o'ylab to'ymayman, lekin nimagadur borolmayman. Afsonalarcha, telbalarcha sevaman, seni kutaman desam nega yana menga ishonmaysan? Ishonmaysan... Qadaming ustidan qadamim bosib turibman qarshingda orzular qilib, bo'salar olaman bag'rimga bosaman desamikin senga? Birga ketar bo'lsak karvon qolmasdi yetar endi yig'ishtir nozlaringni bilaman sevasan kutasan qachon kelishimni yana... Devonalarcha yaxshi ko'raman, o'ylab to'ymayman lekin nimagadur borolmayman. Afsonalarcha, telbalarcha sevaman, seni kutaman desam nega yana menga ishonmaysan? Ishonmaysan...