Verse 1: Muhabbat, bormikan undan davo una bir a`zo, na bir hato, agarda qilsa mubtalo holating aniq yuz tuban g`aribu gado, na bir ihlos qoldi, na bir nafsingni hojatiga ahamiyat hamma narsa bitib bo`ldi ado yuragimni makonu honadon qilib oldi ming dardu balo honavayronman, ko`rindi asli yuzida natijalar derazamning ortidan u darbadari bemakon yig`laydi bulutlar so`ndi orzular, to`htatildi marralarga intilish kabi harakatlar tuyg`ularing bilan bog`langan sifati Jamil, misoli Layli bilan ko`mildi hayollar, Majnuni Qays bo`ldim, man misoli Karbalo, ufuqdagi yomg`irlarga borib qo`shildim guyo-ki sabo mano Majnunman, qayerdadur Layli
Radius 21:
Verse 2: Mobilim qo'limda, Asta sekin raqamni terdim, (Allo) Uzoq gudokdan keyin javob eshitdim. Jimlik kuyini chalardi bir necha soniya, Bizdan yiroqda edi, uzoqda garmoniya. Dialogni men ochdim, u esa davom etdi, Uchrashuv belgiladik, Ozgina vaqtlar o’tdi.
Tuyg’ular esdan chiqqan, Yuzma-yuz o’tirdik biz, O’ylanardik ikkimiz – Sevgidan qolganmi iz? Unda yangicha hayot, O’zgacha bir maniya, Men bilan Toshkent bo’lsa, U bilan Ispaniya! Mening ustimda soddagina mayka, U-chi’ – Boshidan oyog’igacha Prado, Rollex, Gucci.
Seni yaxshi tushunaman, Men bilan nima ko’rding? Befoyda she’rlarimmi, Sanoqdagi har bir tiyin, Jahldagi qichqiriq, Sevgi izxor… Shu xolos! Intilib kutganingdan Olarding doimo oz.
U esa – boshqa dunyo, Quruq gap gapirmaydi, Jahlda baqirmaydi, Pulda maydalashmaydi. Men kelardim sovg’asiz, U esa gullar bilan, Sevgim bilan ko’mardim, U esa pullar bilan.
Boshingni qotirma, mayli, O’zi shundoq ham ayon, Gaplarim yolg’on bo’lsa, Men ham qilmasdim bayon. Unda Audi, to’rtinchi, Yonida valyuta ko’pincha, O’tmishni esdan chiqar, Mana endi prestij ham.
Bir kun kelib ko’rasan – Aslida xato qilding, Sevgi pulga sotilmas, Muhabbatni xor qilding. Baxt degani pulmikan?, – Deya ikkilanaman, O’z yo’lingni tanlading-ku, Men nima qila olaman?
Yo’q unda daryo pullar – Shivir aytib qo’yasan, Sevgi qiziqtirmaydi – Deya javob berasan. O’ylanib ko’rgin bir bor, Haliyam imkoni bor…
Sen esa jimlik saqlab, Birdan solib ketding dod: Yana shu isterika, Yana o’sha panika, Go’yoki sen farishtayu, Men aybdor bariga! ( haa!) Qo’lidagi mobili sindi, Sochilib ketdi tekila, Ovozing g’azab bosib Yana o’sha eski gap!
Ko’zlaringga yosh olib Qara, e`tiborsiz – sen, Hayotda mazmuning yo’q, Lazzatsiz – hayot, seni deb! Nima, hali men aybdormanmi, Boylikka sen o’ch bo’lsang? Seni ko’tara olmayman! “Jim bo’l!” “Ovozing o’chsin!…”
Tomchilar tushgan ko’zingdan, G’azab tushmagan yuzimdan, Birdan tugadi bu drama, Uyma-uy ketgandi hamma. Aybsiz – ikkalamiz, Shunchaki turlimiz biz, Senga baxt pulda bo’lsa, Menga edi ikkimiz…
Shoxrux:
Verse 3: Yo`qdur, hatti harakatimga javobim yo`q yo`llarimda hoqsor iroda-yu toqatimga ishonchim yo`q o`ldi kibri havo, bekindi borliq ortida, kamina-yu shahsiyat bo`ldim ahli salomatdan ahli malomat sevgi nima o`zi u? kim biladi? o`rganilmadi ohiri nazorat muhabbat bu o`ziga yarasha yuraklardagi bir kichik ohirat, to`la nadomat yanada, jismingda yahshi yoki yomon iz bo`lib qoladigan ming asorat muhabbat bu bemorlig-u bedorlik, ochiq oydin haqiqat kechalari giryonlik, tuyg`ularing bilan bog`langan sifati Jamil, misoli Layli bilan ko`mildi hayollar, Majnuni Qays bo`ldim, man misoli Karbalo, ufuqdagi yomg`irlarga borib qo`shildim guyo-ki sabo telba Majnunman, boru yo`g`im Layli