Omadim kelmadi sevgi bogʻida,
Inson goh ojizdir hayot oldida.
Sevgimga yetolmay egildi boshim,
Aylanar bildirmay koʻzimda yoshim.
Hayot goh shirindir, gohida taxir,
Inson oʻz taqdirini bilolmas axir.
Ulkan togʻlarga hech qilmay e`tibor
Kichik bir toshdan lek qoqilganim bor.
Naqarot: …..
Yongan yuragimni asta silayman,
Oʻshal bevafoning baxtin tilayman.
Hayot achchiq soʻzini qancha aytmasin,
Hech kimdan taqdirning ozʻi qaytmasin.
Naqarot: …..
Dunyo oʻzi keldi, garchi quvmadim!
Koʻzlarim yoshiga qoʻlim yuvmadim!
Yoʻlimni poyladilar qancha sanamlar,
Lek… Lek bir goʻzalni deb dilda alamlar –
Aylanar bildirmay koʻzimda yoshim…
Ulug'bek Rahmatullayev еще тексты
Сейчас смотрят
- Ulug'bek Rahmatullayev - Omadim kelmadi
- 9ГРАММ - Городская
- Kate Nova - Самообман, сама отдам, Сама прощу, но не вернусь
- Олег Газманов - Ветер,унесет твой голос ветер, к той,что ждет тебя давно.Месяц,над тобою светит месяц и над нею тот же месяц улыбается в окно.Туман вместе с дымом последнего боя,туман застелает летящих коней в высоте, в небесах...
- Comedie Musicale - 26 Etre a la hauteur
- Константин Силаков - ФЕДОРИНО ГОРЕ
- реп из зкд - каменные джунгли
- Francisco Canaro & Eduardo Adrián - Vals 'Claro de Luna'
- [Нетипичная музыка 2.0] - We Dem Boyz
- Новое поколение - Мы Первые, А Не Вторые
Оценка текста
Статистика страницы на pesni.guru ▼
Просмотров сегодня: 1