Yangrar dilim qo‘shig‘i,
Menman gulim oshig‘i.
Edim muhabbat xastasi,
Nafasim – dard guldastasi.
Oshiqman...
Sho‘x eding, beg‘am edim,
Dard eding, alam edim,
Kuyingda men sado edim,
Ko‘yingda men ado edim.
Layloyimsan, daryoyimsan,
Orzuimda ro‘yoyimsan.
Yuragim sof havosi sen,
Oshifta qalb navosi sen.
Men oshig‘ing, Majnuningman,
Ham umrbod maftuningman.
Majnunu Layli bexabar
Kezadurman, oh, darbadar.
Mastu parishonu xarob,
Har orzuyim bo‘lib sarob,
Shoyadki oxir oqibat
Tiriltirsa bas muhabbat.
Bo‘lib ishq ovorasi
Sevgidan, qalbim porasi
Eding, saodat shodasi,
Beg‘ubor ko‘ngil bodasi.
Oshiqman...
Moh eding, osmon edim,
Gul eding, bo‘ston edim,
Kuyingda men sado edim,
Ko‘yingda men ado edim.
T a k r o r l a sh:
Layloyimsan, daryoyimsan...
................................................
..Tiriltirsa bas muhabbat.
Taken from http://lyricstranslate.com/ru/ulugbek-rahmatullayev-layloyimsan-lyrics.html#ixzz3KN9uJEFj
Ulugbek Rahmatullaev еще тексты
Оценка текста
Статистика страницы на pesni.guru ▼
Просмотров сегодня: 1