Binafsha, go`zalsan bunchalar nechun?
Muhabbat solasan yurakka beun.
Saboda tebranib, shivirlab asta,
Mahliyo aylaysan dilni bir pasda.
Binafsha, ishqingda bo`ldim devona,
Dunyoyim aylandi g`amga begona.
Hajringda o`rtandim men yona-yona,
Arzir senga qancha bo`lsam parvona.
Sen qalbim tubida ungan chechaksan,
Tinglab to`ymaguvchi shirin ertaksan.
Bahor bu olamga chiroy bo`lsa gar,
Sen uning ko`ksiga inja bezaksan.
Binafsha, ishqingda bo`ldim devona,
Dunyoyim aylandi g`amga begona.
Hajringda o`rtandim men yona-yona,
Arzir senga qancha bo`lsam parvona. (x1+x1)
Ulug'bek Rahmatullayev еще тексты
Оценка текста
Статистика страницы на pesni.guru ▼
Просмотров сегодня: 1