Гуру Песен Популярное
А Б В Г Д Е Ж З И К Л М Н О П Р С Т У Ф Х Ц Ч Ш Э Ю Я
# A B C D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V W X Y Z

Ulug'bek Rahmatullayev - Qirmizi olma | Текст песни


Qirmizi olma shirin bo’larkan,
Yarim oy bir kun to’lin bo’larkan.
To’ygacha sevgi – bu orzu-havas,
Haqiqiy sevgi keyin bo’larkan. (x2)
Talpinib unga tomon shoshasan,
Goh daryo kabi to’lib-toshasan.
Har kim tole’ga bitgani bilan
Sevib-sevilib, baxtli yashasin. (x2)
Qirmizi olma shirin bo’larkan,
Yarim oy bir kun to’lin bo’larkan.
To’ygacha sevgi – bu orzu-havas,
Haqiqiy sevgi keyin bo’larkan. (x2)
Uying koshona bo’lmasa mayli,
Sen Majnun bo’lgin, u esa Layli.
Ko’ngillar baxtga, quvonchga to’lsin,
Ikki dil topgan sevgi tufayli.
Qirmizi olma shirin bo’larkan,
Yarim oy bir kun to’lin bo’larkan.
To’ygacha sevgi – bu orzu-havas,
Haqiqiy sevgi keyin bo’larkan. (x2)


Статистика страницы на pesni.guru ▼
Просмотров сегодня: 1
Видео
Нет видео
-