Men shunchaki telbaman sening ishqingda, Sen men uchun dunyosan, men sen uchun hech kim. Qanchalar og`ir bilsang, buni bilib yashash, Kechib ketsam deyman, lek qo`limdan kelmas. Men shunchaki telbaman, bir kun bo`laman judo, Men shunchaki chetdaman, lek e’tibordaman go`yo. Nega aynan men, nega boshqamas? Qo`llarimni cho`zsam, qo`ling berging kelmas. Yordam ber, yordam ber, qo`llaringni uzat, Yordam ber, yordam ber, dardlarimni tuzat. Yordam ber, yordam ber, qo`llaringni uzat, Yordam ber, yordam ber, dardlarimni tuzat. Telbamanmi yoki nima deb atay, Tushlarimda mandan qochasan, netay? Bilaman, sani ertami kech yo`qotaman, Keyin bir umr sani sog`inib o`taman. Yonimda turibsanu, kelajagimda yo`qsan, O`tmishimga aylanib bormoqdasan. So`nggi payt manga e’tibor bermay qo`yding, Erkalasam xursand bo`larding, bo`lmay qo`yding. Jonimdan o`tib ketdi har kuni ertalab Uyg`onganda o`zimni yomon his qilish. Qanchalar qiyin sevgan insoningni asta-sekin yo`qotish, Oddiy oilaning bolasi bo`lish. Ayt, man ilojini topa olmayapman, Nima qilay, ayt o`zing? Qo`llarimni uzatsam yetmayapti, Ber yordam, uzat sen ham qo`llaring. Yordam ber, yordam ber, qo`llaringni uzat, Yordam ber, yordam ber, dardlarimni tuzat. Yordam ber, yordam ber, qo`llaringni uzat, Yordam ber, yordam ber, dardlarimni tuzat.