Eslaydi, agar kechalari yog’sa yomg’ir Bu degani mani ko’zlarimdagi yoshimdir Agarda kelganida kuz, to’kilmasa barglar Bu degani man xazonman, ustimda dardlar Agarda kelganda bahor, ochilmasa gullar Bu degani man yo’qman, lekin yashar tuyg’ular Afsuski u tuyg’uga egadir o’zgalar Nahotki endi seni erkalar o’zga qo’llar Qani endi ketkaninga bo’lganida aniq bir sabab Kechalari qiynalmasdim, buzilmasdi asab Ko’zlarim nam bo’lmasdi, uyg’onganda ertalab Tushlarimga kirasan, o’zgalarni erkalab Endi sani qaytarish, oqayotgan suvni ortiga oqishi kerakde gap Endi qancha qilmay harakat, hammasi befoyda, sevgida yo’q qoida Sen mendan ketkansan, lek sababi nimada? Ketma, deya ulgurmadim senga O’zga, uzatgan gullarni alishtingmi menga? Kerak emasdi oltinlardan dunyo, menga Ne bo’lsa bo’lgan, lekin u kelmas Meni unutkan u, unutkim kelmas Ne bo’lsa bo’lgan, lekin u kelmas (Kelmas…) Bugun sani tushimda ko’rdim, o’zga bilan Yuzingda tabassum, qo’lingda gullar bilan Cheksiz sog’inchlar bilan, uyg’onib kettim Tush ekanku deya, xursand bo’lib kettim Ertasiga o’sha holda, turar eding har qadam Ko’l bo’ldi ko’z yoshlarim, chiday olmay alamdan O’sha gullar tabassum, men unutilgan bo’ldim Tushim keldi o’ngidan, uni o’zga bilan ko’rdim Bugun chunib yettim sani bir umrga yo’qottim Lek ortingdan yig’lab qoldi qalbimdagi xislarim Ollohim, qilmishiga jim kettimu lek ichimdan dodladim Bir so’z aytolmadim Nam ko’rmagan ko’zlarimni aylantirdiku ko’lga Go’zal visoli misoli o’xshardi oltin to’rga O’sha to’rni har tolasi yo’l bermas unutishga Achinib o’tkan kunga, izlayman sabab bunga Men tunu-kun o’ylab-o’ylab, ketkaninga izlab sabab Kutardim suratga qarab, deya qaytargin uni yo rab O’zim-o’zimdan so’rayman, nedur aybim bilolmayman Sen ketting besabab mendan. Izlayman sabab bunga… Ne bo’lsa bo’lgan, lekin u kelmas Meni unutkan u, unutkim kelmas Ne bo’lsa bo’lgan, lekin u kelmas (Kelmas…) Seni, taqdir uchratganda menga Meni, bog’lab olganding o’z qalbingga Kimni, deya tark etting sen meni Aytkin jonginam… ~Girl~: Ne bo’lsa bo’lgan, unga qaytolmayman Uni unutkanman, unut deyolmayman Ne bo’lsa bo’lgan, unga qaytolmayman Uni unutkanman, unut deyolmayman Ketma, deya ulgurmadim senga O’zga, uzatgan gullarni alishtingmi menga? Kerak emasdi oltinlardan dunyo, menga