Bilmadim, u o‘ylarimga Hech qachon yetib bo‘lmaydi. Bilaman, endi sani na topib, Na yo‘qotib bo‘lmaydi. Sog‘inchlarim – quyosh, Lekin soyaga o‘xshaydi. Bu yer sahro bo‘lganda U dengizni so‘raydi. Har bir dardga Vaqt davo deydilar, lek bedavo Dardga mubtalo qilding mani, dilsiz, ou-o. Sendan kutganim bo‘ldi Faqat mehr va vafo, Kutmaganimni esa senga Ko‘rmayman ravo. Chunki sani sevaman Har daqiqa, har nafas. Sen esa so‘nggi kunlar Mendan ko‘p qilding araz. Meni sevib, o‘zgadan Qizg‘andi deb o‘ylasam, Mendan ketmoqlik yo‘lini Izlar ekansan-a. Mayli, ketaver, saning Yo‘ling endi to‘smayman. Ko‘zlarim zor bo‘lsa ham, Yo‘lingga zor boqmayman. Yuragim tilinadi Gapirganga hiringlab. Ketasan, bilmayman, Sansiz qanday yashayman. Aldangan yuragim mening, Lek sani eslaydi. Hammasi go‘zal edi, Hamon esdan ketmaydi. Endi esa surating Dardimga malham bo‘lar, Oldin yozgan xatlaring Hozirgi dam saqlanar. Orzular qayda qoldi, Yuragim toshday qotdi, Qo‘lim qo‘lingda qotdi, So‘ngra esa yo‘qotdim. Go‘yo hammasi tushday O‘tadi bu kunlarim, Lekin ko‘z yummam, faqat Tinmaydi og‘riqlarim.
Derazam ortida yig‘laydi bahor, Sendek esda qolib gullaydi gullar, Yilning ortida – o‘tgan yilgi xazonlar.. Shu xazonlar tagida yashar armonlar…
Dur gavharni tanladi – tillonimas, Gul bahorni tanladi – qish, yoznimas. Tun yulduzni tanladi – kunduz emas. Sen o‘zgani tanlading – meni emas!
So‘nggi kunlar uzoqlashib Borardik tobora, Men esa seni o‘ylab, Qancha bo‘ldim ovora. Hatto kechalari Unga ketardim yolvora. Lekin sani ortga qaytarib Bo‘lmas, nachora. Osmondagi yulduzlar Har bir gapimga guvoh, Dardimga davo topmadi Na tabib, na jarroh. Izladim dardimga kimdan-da Bo‘lsa ham panoh. Ishonmasang agar, yolg‘iz Guvohim Olloh.
Ketaman deysanu, lek gohlari o‘ylab, Vaqti kelib hali afsuslarda kuyma! Yolg‘onchi so‘zlarga uchib, uni suyma! O‘yla! O‘yla!
Dur gavharni tanladi – tillonimas, Gul bahorni tanladi – qish, yoznimas. Tun yulduzni tanladi – kunduz emas. Sen o‘zgani tanlading – meni emas!