(Zohid) Ketmas hayollarimdan sen bilan kunlar, Qaytarmi ortga ular. Balki yo'q, balki ha. Balki men hamon yodingda, Har kun hayollaring menda, Balki aksincha. Derazam ortidagi shamol seni menga eslatadi, Kunduz va kechalari. Tushlaringga kelamanmi yor, O'ylab yotsam tunlari. Aytgin derazam ortidagi shamol qachon bag'rimga qaytadi, Bedor kutganim mani. Derazam ortidagi shamol naxot u sog'inmadi. (Shoxrux) Naxotki sog'inmadi mani yarimim mani qismim, Unutib yubordi jismim. O'zimni o'zim aldayverib charchadim, Keladi deb ertami kech ishonar edim. Lek vaqt o'tgani sari ishonganlarimga ham ishonmay qo'ydim, Kelarmikin san tomondan shamol bo'lib sado, Yuragimning dardiga bitta dona bo'lsa ham topa olarmikin davo. Shuncha azoblarni hayotimga qilib mahliyo, Lekin bir bor kelib ko'rishni ko'rmading ravo. Ba'zan hamon yetmaydi havo, Nafaslaringni sog'indim ey dilrabo. Sog'inmoqdamisan sen ham meni mendan yiroqda. O'z yarimingni yarimingdan uzoqda yoki baxtlimisan TASHLAB MANI FIROQQA. (Jasur) Eeey dilrabo qaytar hayotimga mano, Eeey dilrabo o'zingdan etma judo. Eeey dilrabo kutaverib qolmadi , Eeey dil aro bo'ldi yurak mubtalo (ZOHID) Derazam ortidagi shamol seni menga eslatadi, Kunduz va kechalari. Tushlaringga kelamanmi yor, O'ylab yotsam tunlari. Aytgin derazam ortidagi shamol qachon bag'rimga qaytadi, Bedor kutganim mani. Derazam ortidagi shamol naxot u sog'inmadi.