Xayratdan tosh qotgan qorlar guvoh
Toshlarga to'sh urgan olqorlar guvoh
Kechikib kelguvchi bahorlar guvoh
Kelar yo’lingizni poyladim ming yil
Shahrizoda aytsin ertaklarida
Atirgul-da aytsin kurtaklarida
Muhabbatning mayus ertaklarida
Kelar yo’lingizni poyladim ming yil
Gullardan kavsh to’qib oyoqlarizga
Rayhonlar o’stiray dudoqlarizga
She’rlar aytar bo’lib quloqlarizga
Kelar yo’lingizni poyladim ming yil.
Vohid Abdulhakim Ming yil еще тексты
Оценка текста
Статистика страницы на pesni.guru ▼
Просмотров сегодня: 1