Bir nafaslik yo'l ekan,
Ikki dunyo orasi.
Ko'z o'ngimdan hech ketmas
Ko'zlaringning qorasi.
Kuz yaprog'i singari
Xazonlarga aylandim
Qiyomatga qoldim-u
Endi diydor chorasi.
Yuzimga tomchilab yog'ardi yomg'ir,
Ichimdagi dardim bilardi yomg'ir.
Toshqotgan yurakni o'yardi yomg'ir,
Shu yomg'ir ostida abadiy qolsam-
Yig'larmisiz azizam dunyodan o'tsam.
Ishonmang bu qadar tirikligimga,
Zulmatga ziyodek yorishib ketsam.
Ertaga qayerdan toparsiz mani
Hokisor tuproqqa qorishi ketsam.
Beparvo qaramang kulyapti-ku deb,
Guldek yashab guldek ochilib so'lsam.
Nogohon esib hayrisa shamoldek
Qolasiz xazondek to'kilib ketsam.
Ishonmang bu qadar mening umrimga
Shu kunim mazmunli etolsangiz bas.
Ertangi kunlarga atalgan mehriz-
Balki bu kundan so'ng menga kerakmas!
Vohid Abdulhakim - Yomg`ir еще тексты
Видео
Vohid Abdulhakim Ovvora Vohid Abdulhakim Ovvora. Sevar Uz. SubscribeSubscribed .... Mix - Vohid Abdulhakim ...
Оценка текста
Как вам текст?
1 out of 5
2 out of 5
3 out of 5
4 out of 5
5 out of 5
Статистика страницы на pesni.guru ▼
Просмотров сегодня: 1